“Гуляй, Масленица” madaniy-ma’rifiy festival o‘tkazildi

Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbek filologiyasi fakulteti Rus tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Гуляй, Масленица!” madaniy-ma’rifiy festivali o‘tkazildi. Ushbu festivalda rus, o‘zbek, qozoq, tojik va qirg‘iz millatlariga mansub talabalar o‘z madaniyatlarini namoyish etish uchun birlashdilar. Tadbirda ishtirok etgan talabalar milliy taomlar, liboslar ko‘rgazmalari, musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari orqali o‘z xalqlarining boy madaniy merosini va an’analari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi.

Festival ochilish marosimida festivalning maqsadi va ahamiyati haqida qisqacha so‘zlab o‘tilib, bunday tadbirlar turli millat vakillarini bir joyga jamlash, ularning madaniyatlarini, urf-odatlarini va an’analariga o‘zaro hurmat mustahkamlash shuningdek, yoshlarni o‘zgalar milliy merosiga hurmat bilan qarashga va boshqa madaniyatlarni anglashga undashi ta’kidlandi. Tashkilotchilar tomonidan tadbirning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va tenglikni targ‘ib qilishdagi roli haqida tushuntirildi.

Tadbirning ajralmas qismi bo‘lgan milliy taomlar va maxsus liboslar ko‘rgazmasida. Xorijiy talabalar tomonidan milliy mashhur va sevimli taomlar namoyish etilib, ular haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, maxsus liboslar ko‘rgazmasida, ishtirokchilar o‘z milliy kiyimlarini namoyish etdilar. Har bir kiyimning o‘ziga xos ko‘rinishi orqali millatning tarixiy an’analari va madaniy xususiyatlari yoritildi. Bu ko‘rgazma ishtirokchilarga nafaqat o‘zlarini milliy liboslarini namoyish etishga, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishish imkonini berdi.

Milliy musiqiy chiqishlar, raqslar va sahna ko‘rinishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, tadbir yakunida faol ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Festival ko‘tarinki kayfiyatda va yuqori saviyada yakunlandi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top