Matematika kuniga bag‘ishlanga Ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi

Joriy yilning 14-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zR FA Matematika instituti hamda O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida Xalqaro matematika kuni munosabati bilan “Zamonaviy matematikaning dolzarb muammolari va tadbiqlari” mavzusida yosh olimlar ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi faol yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilar olgan ilmiy natijalarini muhokama qilish va ularning mahoratlarini oshirishdan iborat bo‘ldi. Konferensiyada akademiklar Sh.A.Ayupov, Sh.Q.Farmonov, professorlar M.M.Aripov, A.Artikbayev, matematika hamda amaliy matematika va intelektual texnalogiyalar fakulteti kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar hamda 100 dan ziyod yosh olimlar, magistrantlar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘z olgan O‘zMUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Y.S. Ergashev, barcha ishtirokchilarni qutlar ekan, yosh izlanuvchilarga omad tilab, konferensiya tashkilotchilik harakatiga yuqori baho berdi va ishtirokchilarning ilmiy tadqiqotlar olib borishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir davomida yaqindagina Turkmaniston Respublikasida o‘tkazilgan universitetlar talabalari uchun ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2024)da yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan Matematika fakulteti 3-kurs talabalari N.Nabixonov, F.Keldiyorov va X.To‘yliyevlar universitet rektorining faxriy yorlig‘lari bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof nafaqat talabalarning balki ularning ilmiy rahbarlari va universitet jamoasining sa‘y-harakatlariga yuksak baho bo‘ldi.

Konferensiyada akademik Sh.A. Ayupov “Xalqaro matematika kuni”ning paydo bo‘lish tarixi va uning “π kuni” deb atalishi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Plenar yig‘ilishdan so‘ng ishtirokchilar beshta sho‘balarga bo‘linishdi. Har bir sho‘bada zamonaviy matematikaning turli yo‘nalishlariga oid mavzular bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Talabalar va yosh tadqiqotchilar tomonidan 100 dan ortiq ilmiy chiqishlar qilindi. Sho‘balar yig‘ilishida matematik modelleme, algebra, analiz, diferensial tenglamalar va ularning amaliy tadbiqlari, shuningdek, axborot texnologiyalarida matematik usullarning qo‘llanilishi kabi mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.

Konferensiya yakunida faol ishtirok etgan yosh tadqiqotchilarga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi nafaqat ishtirokchilarga, balki kelgusida ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladigan muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

At the end of the conference, special certificates and souvenirs were awarded to the young researchers who actively participated. The successful organization of the event not only benefited the participants but also served as an important platform for establishing new directions for future scientific collaboration.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top