O‘zMU professor-o‘qituvchilari Vilnius texnika universiteti bo‘lib qaytishdi

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi mudiri, dotsent (DSc) Nilufar Sadullayeva hamda “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi dotsenti (PhD) Nargiza Abdullayeva Litvada joylashgan Gediminas nomidagi Vilnius texnika universitetida bo‘lib, ushbu ta’lim muassasasining o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ular universitetning o‘quv dasturlari, ilmiy ishlanmalari va dars o‘tish uslublarini o‘rganib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek tashrif davomida O‘zMU professor-o‘qituvchilari Vilnius texnika universitetining 1-bosqich talabalariga “Modern Linguistics”, “Methods of Teaching English” va “Mass Media” fanlaridan ma’ruzalar mashg‘ulotlarini olib borishdi. Mazkur dars mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilar, o‘quv jarayonida samarali metodik yondoshuvlarni qo‘llash, talabalarga zamonaviy pedagogik usullarni o‘rgatish va ularni ilg‘or ilmiy izlanishlar bilan tanishtirish maqsadida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar. Bu ma’ruzalar talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish imkoniyatini yaratdi.  

Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar Vilnius texnika universiteti ma’muriyati hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion yondoshuvlarni joriy etish masalalarini chuqur muhokama qilishdi. Uchrashuvda, ta’lim tizimiga yangi pedagogik metodlar va ilg‘or amaliyotlarni qo‘shish, talabalarga taqdim etilayotgan bilimlarning samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Bu o‘z navbatida ikki universitet o‘rtasida ilmiy va pedagogik tajriba almashinuvi uchun muhim imkoniyatlar yaratdi. Shuningdek, kelajakda o‘quv dasturlari va ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aniq rejalar shakillantirildi. Bu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, ta’lim sohasida yangi yuksak natijalarga erishish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top