O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan Ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

2024-yil 6-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan Ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzada O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xo‘jayev Davron Nuriddinovich “Alisher Navoiy ta’limotida vatanparvarlik va elparvarlik xususiyatlarining namoyon bo‘lishi” mavzusida ma’ruza olib bordi.

Ushbu tadbirda professor Davron Xo‘jayev Alisher Navoiy ijodida vatanparvarlik va elparvarlik g‘oyalarining shakllanishi batafsil yoritib berdi. Shuningdek, Navoiy asarlarida bu g‘oyalar qanday aks etganligi, uning she’riy va nasriy asarlarida milliy ozodlik, xalqning erkinligi va farovonligi, shuningdek, yurt va xalqqa bo‘lgan muhabbatning naqadar muhim o‘rin egallaganligi haqida ta’kidladi.

Professor o‘z maruzasini ishtirokchilarga tushuntirishda Navoiy asarlaridan misollar keltirdi, u shuningdek, bugungi kunda Navoiy g‘oyalarining yoshlar uchun qanday ahamiyat kasb etishi va bu g‘oyalarni amalga oshirishda milliy qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.

Ma’ruza yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi hamda o‘z fikirlarini bayon etishdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top