Toshkent viloyatidagi 22-son jazoni ijro etish muassasasida Ma’rifat Soati O‘tkazildi

Joriy yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 22-son jazoni ijro etish muassasasida navbatdagi Ma’rifat soati bo’lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi, jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan shaxslar orasida huquqiy bilimlarni oshirish, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi va bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish edi. Ushbu tadbir, nafaqat jazoni ijro etish tizimidagi shaxslarni ma’naviy va intellektual rivojlantirishga, balki ta’limda tenglikni ta’minlashga ham qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tadbirda O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Huquqiy fanlar» kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jaloliddin Yusubov tomonidan «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruzada O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan huquqiy, siyosiy va iqtisodiy islohotlar, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarining ushbu jarayondagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbir, islohotlarning ahamiyatini va ularning jamiyatdagi huquqiy va ma’naviy madaniyatni shakllantirishdagi rolini tushuntirishga qaratildi.

Shu bilan birga, tadbirda ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirilishi, huquqiy madaniyat va axloqiy qadriyatlarni oshirish orqali jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning jamiyatga qaytishi, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ko‘maklashish vazifasi muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi  va uchrashuv yaxshi kayfiyatda yakunlandi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top