Olmazor tumanidagi “Ibrohim ota” MFYda istiqomat qiluvchi faollar hamda maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi

O‘zMuning Xorijiy filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari X. Ergashev, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari O. Musurmonkulov, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari S. Suyunov va Kimyo fakulteti dekan o‘rinbosari G‘. Abduraxmonovlar tomonidan Olmazor tumanidagi “Ibrohim ota” MFYda istiqomat qiluvchi faollar hamda maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda MFY faollari va ota-onalarning fikr-mulohazalari o‘rganilib, yoshlarining ta‘lim-tarbiyasi, ilm-fan bilan shug‘ulanishlari, ma‘naviyat-ma’rifatini yuksaltirish bo‘yicha hamda ularning kelgusi oliy ta’limda taxsil olishlari uchun Universitet kamarbasta bo‘layotganligi e’tirof etildi.

Shuningdek, MFY va maktabda yoshlarni o‘zlarini anglashlari va to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish maqsadida haftada bir kunlik “Psixolog kuni” hamda “Sotsiologik” so’rovnomalar o‘tkazish, Bundan tashqari yoshlarni bilimini kengaytirish va xorijiy adabiyotlar bilan ishlash maqsadida “Chet tillari” to‘garagi, “Yakshanba kimyo maktabi” qo‘shimcha ta’limi va Sport tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish masalalari kelishib olindi.

Tadbir yakunida mahalla, maktab va universitet o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari yana bir marotaba tahlil qilinib, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top