Joriy yilning 7-fevral kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi 3 kurs B patok talabalari S.Raimjonov, M.Talibova, F.Ziyadova, va N.Salimovalar tomonidan «Yosh psixologlar» to’garagi doirasida hamda «Shaxs kamoloti bo’yicha trening» fani bo’yicha «Guruh jipsligini oshirish» mavzusida trening mashg’uloti o’tkazildi.
Mazkur tadbirda guruh ichidagi o‘zaro munosabatlar, guruhda vazifalar taqsimoti va birlikni ta’minlash mavzulari shuningdek, guruh a’zolari o‘rtasidagi samarali kommunikatsiya va o‘zaro ishonchni shakillantirish, guruh ichidagi individlarning shaxsiy rivojlanishi va guruh maqsadlariga yo‘naltirish, har bir guruh a’zosini qo‘llab quvvatlash mavzulari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari qatnashchilar o‘rtasida guruh jipsligini oshirishga qaratilgan amaliy mashqlar, o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar trening haqida tashkilotchilarga o‘z fikirlarini bildirishdi shuningdek «Umumiy psixologiya» kafedrasi mudiri va komissiya raisi D.Muxamedova va «Ijtimoiy psixologiya» kafedrasi dotsenti R.Qudratullayeva boshchiligida hamda A.Yadgarovna, A.Hamidova, U.Sayitova, Z.Ro‘ziyeva va Sh.Shernayevalar mavzu yanada to‘ldirildi va ijobiy baholandi.
Quvonarlisi ushbu tadbir ochiq formatda tashkil etilganligi sababli nafaqat universitet talabalari balki boshqaruv sohasiga hamda guruhda samarali faoliyat olib borish mavzulariga qiziqqan yoshlar ham ishtirok etishdi.