“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqiot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, doktor Jamoliddin Razzoqov tomonidan “Ilm-fan rivojida kompyuterda modellashtirishning o‘rni. Zamonaviy olim bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?” mavzusida master-klass o‘tib berildi.
Mazkur ilmiy anjumanda Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, Qirg‘izistonning O‘sh universiteti talabalari, tayanch doktorantlar, bakalavr va magistrlar hamda erkin tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Taqdimot davomida kompyuter dasturlari yordamida tajribalarni modellashtirish, ularning afzalliklari, ion plazmalari hamda ularning qo‘llanilish sohalari, istiqbollari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, ilmga qadam qo‘yayotgan talaba va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy ishlarni qanday rejalashtirish, Internet resurslaridan foydalanish, ilmiy maqolalarni tayyorlash va ularni qayta ishlash hamda chop etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar berildi. Master-klass qiziqarli savol javoblar asosida olib borildi.