Hamkorlik doirasida O‘zbekiston Milliy Universitetidan Qozog‘iston Milliy Ayollar Pedagogika Universitetiga akademik mobillik dasturi amalga oshirildi.

Oliy ta’lim sifatini xalqaro yetakchi universitetlar darajasida ta’minlash va uning raqobatbardoshligini oshirish bugungi kunning ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu maqsadda Qozog‘istonda joylashga yetakchi universitetlardan hisoblangan Qozog‘iston Milliy Ayollar Pedagogika Universiteti bilan xalqaro hamkorlik doirasida keng qamrovli rejalar ishlab chiqildi. Ushbu hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari akademik mobillik dasturini amalga oshirish, o‘qituvchilar va magistrantlar uchun tajriba almashuv imkoniyatlarini yaratish, ilmiy maqolalarni birgalikda nashr etish, xalqaro ilmiy va ta’lim sohasida bebaho tajribani o‘zlashtirish, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni kengaytirishdan iborat.

Mazkur hamkorlik doirasida O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, PhD Ahmedova Feruza Medetovna 2024-yilning 22-yanvaridan 5-fevraliga qadar Qozog‘iston Milliy Ayollar Pedagogika Universitetida akademik mobillik dasturi doirasida tashkil etilgan xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Safar davomida Ahmedova Feruza Medetovna hamkor universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashib, ularga ijtimoiy fanlar, xususan sotsiologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va o‘quv metodikalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u o‘quv jarayonlari va ilmiy faoliyatni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida hamkor universitet bilan fikr almashdi.

Bundan tashqari, PhD Ahmedova Feruza Medetovna xizmat safari davomida universitetda taqdim etilgan zamonaviy o‘quv jarayonlari va ilmiy uslublar bilan tanishib, ular asosida o‘zining kelgusi ilmiy va o‘qituv faoliyatini boyitish imkoniga ega bo‘ldi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top