O‘zbekiston Milliy universitetida kitob savdo yarmarkalari o‘tkazilmoqda

Ta’lim muassasamiz rahbariyati tashabbusi bilan kitob yarmarkalari muntazam o‘tkazib kelinadi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir badiiy va ommabop adabiyotlarga boy bo’ldi. Yarmarka dars mashg‘ulotlaridan keyin tashkil etilgani talabalar uchun yanada qulaylik yaratdi. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Talaba-yoshlarni darsliklardan tashqari badiiy kitob o‘qishga keng targ‘ib qilish, dunyoqarashini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida kitob savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Universitet Axborot-resurs markazi hamda Gʻafur-g‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tashkil qilingan mazkur savdo yarmarkalarida talaba-yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Scroll to Top