Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan 7-fevral kuni Oʻzbekiston Milliy Universiteti (OʻzMU) Ijtimoiy fanlar fakulteti «Sotsiologiya» kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy muzeyiga tashrif tashkil etildi.
Tadbirda “Sotsiologiya” kafedrasi mudiri E. Zaitov, professor-oʻqituvchilar F. Ahmedova, B. Ernazarov, M. Ibragimov, B. Nurqulov, U. Ilxomov, tyutor R. Abduraxmonov, shuningdek, Qozogʻiston Milliy Ayollar Pedagogika Universiteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari nomzodi A. A. Kalyeva hamda universitetning Sotsiologiya yoʻnalishi 3-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Tashrif davomida muzey xodimlari eksponatlar va ularning tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Talabalar Oʻrta asrlar davrida yurtimizda yuz bergan tarixiy voqealar, siyosiy jarayonlar, madaniy meros va Alisher Navoiyning betakror ijodiy faoliyati haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni katta qiziqish bilan tinglashdi. Ushbu bilimlar talabalar uchun nafaqat tarixiy va madaniy ahamiyatga ega boʻldi, balki yosh avlodda o‘z tarixiy merosiga hurmattini oshirishga xizmat qildi.
Tadbirda qatnashgan A. A. Kalyeva ham taqdim etilgan maʼlumotlarni katta qiziqish bilan tinglab, muzey faoliyatiga yuqori baho berdi. Bu kabi tashriflar nafaqat talabalarning ilmiy va intellektual salohiyatini oshiradi, balki universitetlararo ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga hamda o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirishga xizmat qiladi.