Joriy yilning 7-fevral sanasida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti va Geologiya va muxandislikgeologiyasi fakultetlari Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini O.Musurmonkulov va S.Suyunovlar tomonidan fakultetlarga biriktirilgan Olmazor tumani Ibrohim ota MFYga tashrif qilindi.
Tashrif chog’ida MFY raisi X.Abdurazziqov, hokim yordamchisi Sh.Shomasurov, Yoshlar yetakchisi K.Norbadalov va Xotin-qizlar bo’yicha maslahatchi M.Norxadjayevalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, hamda kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bor shaxslarga yordam ko‘rsatish borasidagi amalga oshirilgan hamda rejalashtirilgan tadbirlar ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada istiqomat qiladigan xotin-qizlarni ta’lim sohasiga jalb etish, yoshlarni universitet homiyligida o‘tkaziladigan madaniy va ma’rifiy tadbirlarga jalb etish hamda universitet va mahalla aloqalarini yanada mustahkamlash mavzulari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, uchrashuv yakunida Mahalada istiqomat qilayotgan nogironligi bor va kam ta’minlangan oilalar uyiga tashrif buyurib, holidan xabar olindi.
Tashrif yakunida MFY Mahalla bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib olindi.