Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda publitsistik maqolalar tanlovi o‘tkazildi

Farg‘ona haqiqati» gazetasi “Bir makon – bir yo‘l”ni qurish, insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini barpo etish: O‘zbekistondan nazar” mavzuida publitsistik-tahliliy maqolalar tanlovini e’lon qilgan edi.
Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur tanlovning g‘oliblari taqdirlandi. Unda O‘zMU jurnalistika fakulteti rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirok etdi.
Quvonarlisi, g‘oliblar safida jurnalistika fakulteti dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyevning ham borligi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini mamnun qildi.
Mazkur tanlovdagi ishlarda O’zbekiston va Xitoy mamalakatlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari rivoji «Bir makon – bir yo’l» tashabbusi doirasida tahlil qilingan.
Tanlovda qatnashgan mualliflar doirasi keng bo‘lib, ular orasida akademik, senator, Oliy Majlis deputatlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, siyosatshunoslar, ilmiy tadqiqot institutlari yetakchi xodimlari, taniqli yozuvchi va jurnalistlar bor.

Scroll to Top