Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5–10-fevral kunlari Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hududlararo ta’lim forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur forum doirasida Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri Andrey Ivanets boshchiligidagi 8 nafar rektorlar delegatsiyasi ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Ayni vaqtda mazkur davra suhbatida Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori Vadim Bogush, Belarus davlat texnologiya universiteti rektori Igor Voytov, A.S. Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti rektori Yuriy Golubev, Y. Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti rektori Irina Kiturko, Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori Vitaliy Velikanov, Polotsk Yevfrosin nomidagi Polotsk davlat universiteti rektori Yuriy Romanovskiy, Belarus milliy texnika universiteti rektori Sergey Xaritonchik ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Belarus oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan ushbu xalqaro tadbirda respublikamizning 10 dan ortiq universitetlari rektorlari ham qatnashmoqda.
O‘zbekiston Milliy universitetida Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv yakunida bir qator hamkorlik shartnomalari, kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan Belarus davlat informatika va radioelektronika, shuningdek, Brest davlat universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan Belarus davlat texnologiya universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan Belarus davlat texnologiya universiteti, shuningdek, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti bilan Polosk davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari, memorandumlar imzolandi.
Darhaqiqat, «QVZ» komediya-shou tanlovining ta’siri sahnadan tashqarida bo’lib, turli xil kelib chiqishi va fanlari talabalarini kulgi va do’stlik ruhida birlashtiradi. Ishtirokchilar uchun tanlov o’zlarining komediya iste’dodlari va ijodkorligini tengdoshlari oldida namoyish etish imkoniyatini beradi, tomoshabinlar uchun esa universitet hayotidagi stresslardan yoqimli dam olishni ta’minlaydi.
O’yin-kulgidan tashqari, tanlov talabalar uchun jamoat oldida so’zlash va ijro mahoratini oshirish uchun platforma bo’lib xizmat qiladi, bu jarayonda o’ziga bo’lgan ishonchni oshiradi. Siz stend-up yozasizmi va ijro qilasizmi yoki joyida komediya eskizini improvizatsiya qilasizmi, ishtirokchilar tanlovning o’zidan tashqariga chiqadigan qimmatli tajribaga ega bo’ladilar.