Joriy yilning 6-fevral kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar psixologiyasi yo’nalishi talabalari N.Sayfiyeva, D.Rizayeva, G.Kuzimbayeva, D.Tilavbekova va M.Omonboyevalar tomonidan «Yosh psixologlar» to’garagi doirasida hamda «Shaxs kamoloti bo’yicha trening» fani bo’yicha «Kelajak seniki» mavzusida trening mashg’uloti o’tkazildi.
Mazkur treningning asosiy maqsadi yosh avlodni kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish hamda shaxsiy maqsadlarini aniqlashga ko‘maklashishdan iborat edi. Trening davomida ishtirokchilar o‘z maqsadlarini belgilash va shaxsiy rivojlanishga oid zamonaviy metodlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ma’ruzachilar vaqtni boshqarish va mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish mavzularida qiziqarli ma’lumotlar va amaliy mashqlarni taqdim etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar, jamoviy muhokamalar va amaliyot asosidagi o‘yinlar tashkil etildi.
Quvonarlisi trening mashg‘uloti ochiq shakilda tashkil etilganligi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng e’lon qilinganligi sababli nafaqat universitet talabalari balki shaxsiy rivojlanish mavzusiga qiziqqan yoshlar ham qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Trening «Umumiy psixologiya» kafedrasi mudiri va komissiya raisi D.Muxamedova va «Ijtimoiy psixologiya» kafedrasi dotsenti R.Qudratullayeva boshchiligida hamda F.Mamirova, Z.Saidazizova,M.Qudratova, A.A’zamov, M.Ibragimov hamda J.Zayloviddinovlar ishtirokida olib borildi.