«Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish» mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 6-fevral kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Oila psixologiyasi yo’nalishi  talabalari M.Bahromova, N.Mamarasulova va A.Rahmatullayeva tomonidan «Yosh psixologlar» to’garagi doirasida «Shaxs kamoloti bo’yicha trening» fani bo’yicha «Tranzakt tahlil» mavzusida hamda Oila psixologiyasi yo’nalishi  talabalari U.Abdug’aniyeva, M.Akbarova, O.Boymatova, G.Eshqobilova va N.Ro’zmetova tomonidan «Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish» mavzularida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar ishtirokchilarga tranzakt tahlilining asosiy tamoyillari, tushunchalari va usullarini tushuntirib, mavzu bo’yicha psixologik yondashuvlar va uning amaliyotdagi qo’llanilishi haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etdilar. Ishtirokchilar tranzakt tahlili asosidagi muammolarni birgalikda muhokama qilib, o’z fikrlarini bayon etish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Shuningdek, tanqidiy va ijodiy fikrlashning ahamiyati, ularni rivojlantirish metodlari hamda ularning kundalik hayotdagi qo’llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Trening davomida ishtirokchilar o’z tajribalari bilan o’rtoqlashish, bir-birlari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlari o’rgangan bilimlarini amaliyotda qanday qo’llashlari mumkunligi haqida muhokama qilishdi.

Trening «Umumiy psixologiya» kafedrasi mudiri va komissiya raisi  D.Muxamedova va «Ijtimoiy psixologiya» kafedrasi dotsenti R.Qudratullayeva boshchiligida hamda  F.Mamirova, Z.Saidazizova, A.A’zamov hamda Sh.O’ktamovlar ishtirokida olib borildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top