Joriy yilning 3-fevral sanasida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga qarashli 5-TTJda Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar ittifoqining koordinator qizlari hamda faol talabalar bilan birgalikda yotoqxona talaba qizlari o’rtasida «Balli qizlar» tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tadbir, yosh qizlarning o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, ijtimoiy faoliyatga jalb qilish hamda ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashdilar:
- Tanishtiruv
- Savol-javob
- Erkin mavzu
- Kutilmagan shart
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyatini va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishdi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar fakultet dekanining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad universitetda tahsil olayotgan qizlarni o‘qishdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qizlar orasida do‘stlik ruhini saqlab qolgan holda sog‘lom raqobatni shakillantirish, universitet bir kata oila tamoyili asosida faol qizlarni bir joyga jamlash va ular orqali boshqa qizlarni ham faolligini oshirishdir