Joriy yilning 3-fevral sanasida Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi hamda fakultet Yoshlar ittifoqi kengashi bilan birgalikda «Yuridik adabiyotlar publish» nashriyoti tomonidan yoshlar hamda professor-o’qituvchilar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda nafaqat universitet talabalari, balki yuridik sohaga qiziqqan barcha yoshlar ham qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu tadbir, yoshlarning bilim olish jarayonini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ularni zamonaviy yuridik bilimlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Kitob yarmarkasi o‘quvchilar, talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va barcha ishtirokchilar huquqshunoslik, xalqaro huquq, mehnat huquqi, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi kabi yo‘nalishlarga ta’luqli bo‘lgan kitoblar bilan tanishib chiqishdi.
Bundan tashqari ushbu yarmarkadagi kitoblar ro‘yhati mahalliy adabiyotlar bilan cheklanib qolmaganligi, zamonaviy va tarixiy soha mutahasislari tomonidan yaratilgan durdona asarlarning mavjudligi yarmarkaning ahamiyatini yanada oshirdi. Ushbu ko‘rinishdagi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar orasida kitobga bo’lgan qiziqishni oshirishi va hamfikir yoshlarni birlashtirishi bilan ajralib turadi.