Yaxshi natijalarga erishish uchun birdamlikda intilish mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi

Joriy yilning 2-fevral kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar psixologiyasi yo‘nalishi 3-kurs talabalari Sh.Abdukarimova, H.Husanova, D.Jo‘raniyozova, D.Saminova va M.Yuldoshevalar tomonidan “Yosh psixologlar” to‘garagi doirasida “Shaxs kamoloti bo‘yicha trening” fanidan “Yaxshi natijalarga erishish uchun birdamlikda intilish” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarning psixologik bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va tenglik tamoyillarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘quvchi va ishtirokchilarni jamoaviy ishlashga, muammolarni birgalikda hal qilishga hamda shaxsiy muvaffaqiyat sari intilish yo‘llarini tahlil qilishga o‘rgatuvchi turli psixologik o‘yinlar va interaktiv usullardan foydalanildi.

Trening mashg‘ulotlari “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri va komissiya raisi D. Muxamedova, “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi dotsenti R. Qudratullayeva hamda komissiya a’zolari F. Mamirova, Z. Saidazizova, M. Qudratova va A. Hamidovalar tomonidan nazorat qilindi va baholandi. Trening davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, mavzu bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘shimcha izohlar berildi hamda mashg‘ulot ijobiy baholandi.

Mazkur ko‘rinishdagi tadbirlarni o‘tkazish universitetda tahsil olayotgan qizlarni o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish va kelajakda jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, trening nafaqat talabalarning bilimini boyitish va amaliy tajribalarini oshirishga yordam berdi, balki yoshlarning psixologik jihatdan barkamol rivojlanishiga yo‘naltirilgan muhim qadam bo‘ldi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top