Saudiyalik olimlar kvant kompyuter va kvant hisoblash texnologiyasi bo’yicha seminar o’tdi

O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida kvant kompyuter va kvant hisoblash texnologiyalari mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi. Seminar Saudiya Arabistonining Taif universitetidan tashrif buyurgan professorlar Elsayed Abdelkhalek Mohamed va Azhari Abdalla Alhag Mohamed ishtirokida tashkil etildi.

Xorijiy olimlar seminar davomida kvant informatika, kvant kriptografiya, kvant axborotlarni qayta ishlash, va kvant hisoblash usullari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Ular ushbu sohalardagi eng yangi tadqiqotlar va amaliyotlarni muhokama qilib, o’z bilim va tajribalarini O’zbekistonlik olimlar va talabalarga ulashishdi.

Ma’lumot uchun

  • Elsayed Abdelkhalek Mohamed O’zbekiston Milliy universitetida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqotlar olib borgan va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U Scopus ilmiy platformasida yuqori ko’rsatkichga ega bo’lib, uning H-indeksi 80 ni tashkil etadi.
  • Seminar jarayonida professorlar kvant texnologiyalarining istiqbollari, ularning zamonaviy texnologiyalarga ta’siri, shuningdek, kvant hisoblashning texnologik rivojlanishda o’ynayotgan roli haqida so’z yuritishdi.

Bu seminar xalqaro ilmiy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilib, O’zbekistonlik yosh olimlarning kvant texnologiyalari bo’yicha malakalarini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Scroll to Top