OʻzMUda xalqaro Erasmus+ dasturi doirasida bajarilayotgan INMACOM loyihasidagi hamkorlar seminari

Oʻzbekiston Milliy universitetida xalqaro Erasmus+ dasturi bajarilayotgan INMACOM loyhasidagi hamkorlari seminari boʻlib oʻtdi.

INMACOM -telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa boʻyicha innovatsion magistratura dasturi (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2(101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2024-yilning 8-dan 12-yanvariga qadar “OʻzMUda OʻZBEKISTON OʻQITUVCHILARI UCHUN TRENING “ oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda.

Treningda INMACOM konsorsiumi vakillari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, TATU Urganch filiali, shuningdek, akademik boʻlmagan hamkorlar: Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vazirligi ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirni OʻzMUning Erasmus xalqaro loyihalar eksperti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova ochib berdi va ishtirokchilarga universitetning xalqaro aloqalari, xalqaro reytingdagi natijalari hamdaxalqaro loyihalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har bir universitet  vakillari hisobot qilishda va keyingi yillarda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Loyiha hamkorlarining oʻquv-seminari 12 yanvarga qadar davom etadi.

INMACOM — O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida muhandislik ishlarini bajarish va zamonaviy texnologik muammolarni hal qilishga qodir bo‘lgan yangi avlod muhandislarini tayyorlashga qaratilgan milliy loyiha.

Loyihaning asosiy maqsadi

AKT sohasining kelajakdagi rivojlanishi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan istiqbolli tarkibiy elementlarni qo‘llash ko‘lamiga bog‘liq. Optik aloqa komponentlari fotonika va optoelektronika elementlari hisoblanadi. Elektronika va fotonikaning zamonaviy elementlari allaqachon optik aloqani yangi yuksak darajaga ko‘tarish uchun qo‘llanilmoqda.

Ammo bu sohada muhandislarni tayyorlash amaliy sohadagi yutuqlardan orqada qolmoqda. Shu sababli, mazkur yo‘nalishda ta’lim dasturlarini joriy etish zarur. «Fotonika va optik aloqa» yangi magistratura dasturini tashkil qilish sanoat va AKT sohasida muhandislik kadrlarini tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

INMACOM loyihasi BMTning quyidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga xizmat qiladi:

  • SDG 4: Sifatli ta’lim — Texnik yo‘nalishlarda zamonaviy va sifatli ta’lim dasturlarini joriy etish orqali.
  • SDG 8: Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish — Telekommunikatsiya sanoatida mehnat bozorini rivojlantirish orqali.
  • SDG 9: Innovatsiyalar, infratuzilma va sanoatni rivojlantirish — Fotonika va optik aloqa sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali.
  • SDG 17: Hamkorlikni rivojlantirish — Milliy va xalqaro universitetlar hamda sanoat o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali.

INMACOM loyihasi, zamonaviy muhandislarni tayyorlash orqali, O‘zbekistonning texnologik rivojlanishini jadallashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Scroll to Top