Tojikistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi O’zMUda

2024-yil 12-yanvar kuni Tojikistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va elchixona ikkinchi kotibi Zebuniso Sharifzoda Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Majidov Inom Urishevich qabul qildilar.

Uchrashuvda oʻzbek va tojik xalqlarining koʻp asrlik qardoshlik va doʻstlik aloqalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2024-yilda Tojikiston oliy oʻquv yurtlari bilan oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, Tojikiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlik oʻrnatish masalalari koʻrib chiqildi.

Kelgusida ikki davlatning talaba-yoshlari oʻrtasida:

  • Xalqaro forumlar tashkil etish,
  • Akademik olimpiadalar oʻtkazish,
  • OʻzMU huzuridagi dissertatsiya himoya kengashlari doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish kabi tashabbuslar taklif etildi.

Mazkur takliflar 4-Maqsad: Sifatli ta’limga mos keladi, chunki ular mintaqaviy bilim almashinuvi va akademik hamkorlikni rivojlantiradi.
Shuningdek, bu tashabbuslar 17-Maqsad: Maqsadlar uchun hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi, ikki davlat oliygohlari oʻrtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar bu tashabbuslarni qadamba-qadam amalga oshirishga kelishib oldilar.

Scroll to Top