O‘zbekiston Milliy Universiteti Markaziy Osiyo Oliy Ta’limidagi Birinchi Hub

7-iyul kuni «Markaziy Osiyo keyingi oliy ta’lim markazi sifatida” nomli xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, UNESCO xalqaro tashkilotining Toshkentdagi bosh ofisi direktori Sara Noshadi, UNESCOning Bankokdagi mintaqaviy ofis direktori Libing Wang, British Council xalqaro baholash ofisi boshlig’i Victoria Clark, Transmilliy oliy ta’limni Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi bo’yicha xalqaro ekspert Christopher Hill, QS va THE xalqaro reyting agentliklari vakillari hamda O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida globallashuv davrida oliy ta’lim tiziminining prinsipial yangicha yondashuvlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga oid mulohazalar atrofida fikr almashmoqdalar.

Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayitganligi borasida muzokaralar qizg‘in davom etmoqda.

Shuningdek, konferensiya davomida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘zida yaqqol namoyon etuvchi fan dasturlari va kurslarini ishlab chiqish dolzarbligi ta’kidlandi.

O’zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov – «O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI MARKAZIY OSIYO OLIY TA’LIMIDAGI BIRINCHI HUB» mavzusida ma’ruza qilib quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

Bugungi kunda universitetlarning asosiy vazifasi oliy ta’limning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Bu borada ta’lim markazlarini yaratishda integratsiyalashuv, ya’ni turli sohalarda ta’lim olish mumkin bo‘lgan markaz faoliyati katta ahamiyatga ega.
Ta’lim markazini yaratishning zaruriy shartlari universitet dasturlarini xalqaro darajada kengaytirishdir. Bu o‘zaro manfaatli mintaqaviy aloqalarni shakllantirish va tarmoq universitetlariga integratsiyalashish imkonini beradi

Scroll to Top