2024 yil 27 iyun kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jurnalistika fakultetini bitirgan, jurnalistika sohasida kо‘p yillar ishlagan 3 avlod uchrashuvi о‘tkazildi.
Uchrashuvda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.Hodjayev, agentlikning maslahatchisi F.Muxiddinov, О‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi X.Saidov va bir qancha rahbar-xodimlar qatnashdi.
Uchrashuvda jurnalistikaning oldida turgan vazifalar, muammolar va yechimlar haqida fikr yuritildi.
Professor Muxtor Xudoyqulov, jurnalist, Prezidentning matbuot kotibi bо‘lib ishlagan Irismat Abduxalikov, xalqaro sharxlovchi Tursun Qoratoyev, jurnalist Karim Baxriyev, Sharq konserni bosh muharriri Axror Ahmedovlar sо‘zga chiqib, о‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida Jurnalistika antologiyasi kitobini yaratish maqsad qilib qо‘yildi.