Uch avlod uchrashuvi

       О‘zbekiston Milliy universiteti va О‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida mazkur oliy ta’lim muassasasining jurnalistika fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” о‘tkazildi. Tadbirda mehmon sifatida universitetning jurnalistika fakultetini qirq yil oldin tamomlagan ustoz jurnalistlar, О‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillari va a’zolari, universitetning professor-о‘qituvchilari ishtirok etdi. Bugun qirq yillik kursdoshlar diydor kо‘rishib turibmiz. Umr ˗ oqar daryo deganlaridek kursdoshlarimizning yuzlarida keksalik, nuroniylik sezilib tursa-da, ularning kо‘zlari xuddi talabalik davrimizdagidek chaqnoq. Universitetni tugatganimizdan keyin, respublikamizning turli joylarida faoliyat olib bordik, ayrimlarimiz hali ham ijoddan tо‘xtaganimiz yо‘q. Bugungi uchrashuvda kursdoshlarimiz bilan bо‘lgan qiziq-qiziq voqealarni esladik, ustozlarimizni xotirladik.
       Uchrashuvni tashkil etgan О‘zbekiston Milliy universiteti va О‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga katta minnatdorligimizni bildiramiz, ˗ deydi “Oqdaryo ovozi” gazetasi bosh muharriri Yо‘lchi Muhammad. Tadbirda bir guruh ustoz jurnalistlarga О‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Faxriy yorliqlari topshirildi.

Scroll to Top