O‘zMU Biologiya fakultteti Genetika kafedrasida sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuvlar bo‘yicha

Genetika kafedrasida sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda ADJU universiteti rektori, b.f.d., professor G‘.A.Muratov, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti professorlari R.Usmanov, I.Qurbanbayev va boshqa yetakchi olimlari ishtirok etishdilar. Uchrashuvda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi. Professor G‘.Muratov kafedra dars bergan ustozlarga minnatdorchilik bildirish bilan bir qatorda, kafedrani Adju universiteti bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. Adju universiteti bilan hamkorlikda biotexnologiya, gen injeneriyasi, g‘o‘za o‘simligi biomassasini qayta ishlash usullarini rivojlantirish va bu orqali Koreya universiteti bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari xususida ma’lumotlar berib o‘tdi hamda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlarini Adju universiteti bilan yaqindan tanishishga taklif etdi.

Shundan so‘ng, O‘zFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti professori I.Qurvonboyev so‘zga chiqib, universitetda ta’lim olgan yillari, qiziqarli voqealar xaqida tuxtalib o‘tdi. Bugungi kunda erishgan yutuqlarida kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmati katta ekanligini bildirib, hamon kafedradagi ustozlaridan ugitlar olayotganligini bildirdi. Oxirgi yillarda kafedra va institut hamkorligi yanada yaxshilanganligi, yiliga kafedra bitiruvchilaridan 7-8 nafari ishga qabul qilinayotganligi, amaliyotlar tashkil etilayotganligi xususida so‘z yuritib bu integratsiyani yanada rivojlantirish yo‘lida yordam berishga tayyor ekanligini bildirib, qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi bo‘yicha  master klass, seminarlar o‘tish, magistr va bakalavr talabalariga ilmiy rahbar sifatida  dolzarb mavzularda tadqiqotlar olib borishga tayyor ekanligini bildirdi.    

Scroll to Top