“45 yildan so‘ng uch avlod uchrashuvi” O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini 1973-1978 o‘quv yilida bakalavriat bosqichini tugatgan bitiruvchilari bilan Fizika fakultetida “Universitetni bitirganlarining 45 yilligi”ga bag‘ishlangan uch avlod uchrashuvi tadbiri 2023 yilning avgust oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida o‘tqazildi. Tadbirga Fizika fakultetini 1973- 1978 o‘quv yilida Fizika ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichini tugatgan 70 nafarga yaqin bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir boshida o‘tgan vaqt ichida oramizdan ketgan ustozlarni xotirlab, esga olindi, xaqlariga duo qilindi.
Fakultet dekani G.B. Eshonqulov universitet bitiruvchilarini oliy ta’limda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, bugungi kunda universitet talabalarining o‘qishi uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligi, iqtidorli talabalar uchun horijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga beg‘araz grantlar ajratilayotgani, o‘quv jarayoniga tajribali horij olimlarini jalb qilinayotgani, nogiron va kam ta’minlangan talabalar ijtimoiy himoyaga olingani to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Tadbirda bitiruvchi talabalar o‘z aro universitetdagi o‘qish davriga oid o‘quv jarayoni, o‘quv va pedogogik amaliyotlari, talaba hayotiga oid xotiralar bilan
o‘rtoqlashib, talabalik davrini esga olishdi. Fizika fakulteti kafedralari professoro‘qituvchilaridan Sh.O.Otajonov, D.A.Dalimov, R.M.Abdullaev, N.Norqulovlar shogirdlari bilan ularning talabalik davrlarini esga olib, dildan suhbat qilishdi.
Bugungi kunda 1973-1978 o‘quv yilidagi bitiruvchilari ichida 7 nafar fizikamatematika fanlari doktori (bular: A.Xolmatov, C.Qurbonov, A.Nosirov, Z.Kanakov, C.Rajabov, M.A.Zaxidova, F.Tolipov) va 14 nafar fan nomzodlari (bular: A.Boqiyev, A.Bahromov, U.Jo‘raev, Q.Mahmudov, N.Nurmatov, N.Sarikov, G.Qulabdullaev, A.Ubaydullaeva, A.Kurmantaev, I.Sokolov, M.Rajabova, U. Xudayarov, A. Burxonov, A. Azlarov) etishib chiqganligi va bitiruvchilardan 5 nafari horijdagi nufuzli oliygohlarda o‘qishni davom ettirib, ilmiy darajaga ega bo‘lishgani ayniqsa tahsinga sazovar ekanligi ta‘kidlandi. Ustozlar o‘zlarining ilmiy va pedagogik faoliyatlari borasida o‘z hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan talabalarni tanishtirib, ularga kelgusi faoliyatlarida yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatdilar va kelgusi hayotlarida yuksak yutuqlarga erishishlarini tilab qoldilar.