“Universitetni bitirganlikni 35 yilligi” fizika fakultetida
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini 1988-1989 o‘quv yilida tugatgan bitiruvchilari bilan Fizika fakultetida “Universitetni bitirganlikni 35 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir 2024 yilning 22-iyun sanasi Fizika fakultetida “Universitetni bitirganlikni 35 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga Fizika Fakultetini 1988-1989 o‘quv yilida Fizika ta’lim yo‘nalishini tugatgan 60 nafarga yaqin bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir boshida o‘tgan vaqt ichida bevaqt oramizdan ketgan ustozlarni xotirlab, esga olindi, haqqilariga duo qilindi.
Fakultet dekani G‘.B.Eshonqulov universitet bitiruvchilarini oliy ta’limda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, bugungi kunda universitet talabalarining o‘qishi uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligi, iqtidorli talabalar uchun horijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga beg‘araz grantlar ajratilayotgani, o‘quv jaryoniga tajribali horij olimlarini jalb qilinayotgani, nogiron va kam ta’minlangan talabalar ijtimoiy himoyaga olingani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
3 avlod vakillari ishtirok etgan tadbirda bitiruvchi talabalar universitetdagi o‘qish davriga oid o‘quv jarayoni, o‘quv va amaliyotlari, talaba hayotiga oid xotiralar bilan o‘rtoqlashib, talabalik davrini esga olishdi. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan SH Otajonov, G‘.Rahmonov, S.Polvonov, M.Qurbonov shogirdlari bilan ularning talabalik davrlarini esga olib, dildan suhbat qilishdi. Ustozlar bugungi kunda hamkasabalari bo‘lgan, sohaning turli yo‘nalishlarida ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish faoliyati bilan fidokorona mehnat qilayotgan bitiruvchilarni hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarga erishishni tilab qoldilar.
1988-1989 o‘quv yilida bitirgan talabalardan professorlar: O.O.Mamatkarimov (hozirda Namangar muhandislik instituti rektori), SH.Mamatqulov (FTI katta ilmiy xodimi), dotsentlar: B.Xamidov (Kimyo texnologiyalar instituti dotsenti), M.I.Mamayusupova (O‘zMU Fizika fakulteti dotsenti) hamda ko‘plab xalq ta’limi, maorif sohasida foaliyat olib boruvchi kadrlar yetishib chiqdi hamda yosh avlodga ilmiy-amaliy va pedagogik tomondan ta’lim berib xizmat qilib kelmoqda.