Fizika fakultetida “Universitetni bitirganligiga 10 yil” tadbiri
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti fizika fakultetini 2013-2014 o‘quv yilida bakalavriat bosqichini tugatgan bitiruvchilarining bir guruhi bilan Fizika fakultetida “Universitetni bitirganligiga 10 yil” tadbiri 2024 yilning iyun oyida o’tkazildi. Tadbirga Fizika fakultetini 2013-2014 o‘quv yilida fizika ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichini tugatgan 30 nafarga yaqin bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir avvalida o‘tgan vaqt oralig’ida bevaqt oramizdan ketgan ustozlar xotirlandi.
Tadbirda fakultet dekani G’.B. Eshonqulov barcha bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati, erishgan natijalari haqida o’zaro suhbatlashdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Universitetida so’ngi yillarda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, ularning natijalari va kelajakdagi rejalar bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, bugungi kunda Universitet talabalarining zamon talablari darajasida ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, mutaxassislik fanlaridan xorijda tajriba orttirib kelgan, yuqori malakali professor ustozlar jalb qilinayotganligini e’tirof etdi.
Tadbir davomida yig’ilganlar Universitetdagi o‘qish davri bilan bog’liq, qolaversa, talabalik hayoti, yakuniy imtihonlar va bitiruv malakaviy imtihonlari bilan bog’liq xotiralarni esga olishdi. Tadbirda fakultetning professor-o‘qituvchilaridan N. Norqulov, A. Karimxadjayev, T. Axmadjonov va ularning shogirdlari bilan bitituvchilarning talabalik davrlari esga olinib, ustozlarning bugungi kundagi faoliyati, ayni paytda tahsil olayotgan talaba yoshlarning qiziqishlari haqida dildan suhbat qilindi. Ustozlar bugungi kunda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan bitiruvchilarni hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarga erishishini tilab qoldilar.