“Universitetni bitirganlikni 50 yilligi” fizika fakultetida

       Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini 1968-1973 yillarda o’qigan bitiruvchilari bilan Fizika fakultetida 2023 yilning avgust oyida “Universitetni bitirganlikni 50 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Fizika fakultetini 1973-yilda tugatgan 40 dan ortiq bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir boshida o‘tgan vaqt ichida bevaqt oramizdan ketgan ustozlarni xotirlab, esga olindi, xaqqilariga duo qilindi.

       Fakultet dekani G’. Eshonqulov universitet bitiruvchilarini oliy ta’limda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, bugungi kunda fakuktetda 4 ta ta’lim yo’nalishi, 8 ta mutaxassislik boyicha kadr tayyorlanayotganligi, universitet talabalarining o‘qishi uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligi, iqtidorli talabalar uchun horijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga beg‘araz grantlar ajratilayotgani, o‘quv jarayoniga tajribali xorij olimlarini jalb qilinayotgani, nogiron va kam ta’minlangan talabalar ijtimoiy himoyaga olingani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbirda bitiruvchilar universitetdagi o‘qish davriga oid o‘quv jarayoni, o‘quv amaliyotlari, talaba hayotiga oid xotiralar bilan o‘rtoqlashib, talabalik davrini esga olishdi.

       Umumiy fizika kafedrasi professori, U.Abdraxmanov, dotsent R. Abdullayev, Nazariy fizika kafedrasi dotsenti B. Fayzullayev, Oliy majlis senati a’zosi, dotsent M. Isroilov, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi boshlig’i o’rinbosari, professor M. Shorahimov, O’zRFA professori Q.Olimov va boshqa sobiq bitiruvchilar talabalik davrlarini esga olib, dildan suhbat qilishdi va sohaning turli yo‘nalishlarida ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish faoliyati bilan fidokorona mehnat qilayotganlarni hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarga erishishni tilab qoldilar.

Scroll to Top