«2023/2024 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi g‘oliblari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 1-dekabrdagi 512-son buyrug‘iga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili qabulida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 217 nafar talabalar bo’lib ulardan 54 nafar da’vogar Prezident granti tanlovida qatnashganligi va shundan 25 nafar talaba sovrindori bo‘ldi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universitetining 2 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Aytjanova Gulayim Torebayevna, Matematika fakulteti 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Nurbek Narzillayev, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Sodiqova Madinabonu Shavkatovna, Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Iroda Jurayeva, filologiya fanlari nomzodi, dotsent