O’zMUning ikki nafar talabasi akademik Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori

Xabaringiz bor, Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.

Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi:

  • 5 nafar bakalavriat talabasi uchun (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan);
  • 5 nafar magistrant uchun (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan);
  • 5 nafar tayanch doktorant (2021 yil uchun 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) uchun belgilandi.

O’zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti magistranti Davrbek Oltiboyev, 4-bosqich talabasi Farrux Mahmudov akademik Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori bo’ldi.

Stipendiya O’zR FA V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan 2023-2024 o’quv yilida har oyda to’lanadi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top