Xitoylik professorga O‘zMU faxriy professori unvoni berildi

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansi (ANSO), Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda biotibbiyotning rivojlanishi va innovasion tadqiqotlar” mavzusida simpozium o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi xizmatlari uchun Xitoy fanlar akademiyasining Gonkong fan va innovatsiyalar instituti boshqaruv kengashi direktori, professor Szinxua Saoga O‘zbekiston Milliy universiteti “Faxriy professori” unvoni berildi.

Xitoylik olimga unvon guvohnomasini O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov tantanali topshirdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top