O‘zbek filologiyasi fakulteti fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchilari: Svetlana Ten, Alla Tsoy hamda Navro’za Begmatova hamrohligida o‘tkazilgan ochiq darsda “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar”, “Internet jurnalistikasi”, “Bosma ommaviy axborot vositalari” yo‘nalishlari talabalari faol qatnashdi.
Talabalar tomonidan qiziqarli mavzularda maqola va insholar taqdimoti, taniqli rus shoirlarining she’rlari va turli raqslar namoyish etildi.
Ochiq dars so’ngida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig‘i Shuhrat Lakayev, Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi mudiri Ramziddin Abdusattarov fan doirasida o‘z bilimlarini namoyish qilgan talabalarga muvaffaqiyat tilab, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.