Unda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev tyutorlar faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar davomida universitet Tyutorlar kengashi raisi, zahiradagi podpolkovnik Muhiddin Abdusattorov, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti tyutori Maqsud Nurmatovlar tomonidan tyutorlar faoliyatini tashkil etish, Talabalar turar joyi va ijara xonadonlar bilan ishlash metodikasi bo‘yicha yig’ilganlarga ma’lumot berildi.
Tadbirda dekan o‘rinbosarlari, universitet Tyutorlar Kengashi a’zolari va 100 ga yaqin tyutorlar ishtirok etishdi.