“Aksilkorrupsiya oyligi”

O‘zbekiston Milliy universitetida “9- dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashishi kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, ishchi- xodimlar, tyutorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish “KN” TB bo‘limi, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘limi hamda O‘zMU Korrupsiyaga qarshi kurashish “KN” TB bo‘limi xodimlari tomonidan mavzu bo’yicha ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solish, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari
inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.

Scroll to Top