
USAID ning huquqiy islohotlar dasturi milliy hamkorlar bilan birgalikda vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari uchun «Gender statistikasining amaliy asoslari» mavzusida trening tashkil etildi.
Unda «Huquqiy fanlar» kafedrasidan falsafa fanlari doktori, professor Saida Аgzamxodjaeva va oʼqituvchi Gulnoza Аminova qatnashishdi.
Gender statistikasining hozirgi kundagi ahamiyati, statistik maʼlumotlardan foydalanishda xorijiy tajriba va Oʼzbekiston Respublikasi misolida statistik maʼlumotlarning jins boʼyicha tahlili kabi dolzarb masalalar koʼrib chiqildi. Bundan tashqari Gender zoʼravonli oqibatlarini aks ettirgan #Neuyat koʼrgazmasiga ham tashrif buyurishdi.


