OʻzMU professor-o‘qituvchilari Moskva Davlat universitetida

Moskva Davlat universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari MDUda bo‘ldilar.
O‘zMU vakillari tomonidan Moskva Davlat universiteti prorektorlari, Geologiya fakulteti dekani bilan qator kelishuvlarga erishildi. Ikki tomon o‘rtasida kelgusida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Endilikda O‘zMUning geolog talabalari Moskva Davlat universiteti Geologiya fakultetiga qarashli Qrim va Ural o‘quv dala amaliyot bazalarida amaliyotlarini o‘tashlari uchun imkoniyat yaratiladi.  
Shuningdek, MDU Geologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari O‘zMU hamda universitetga tegishli o‘quv dala amaliyot bazalarida o‘z tajribalarini almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Scroll to Top