Bugun, 16-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida «Yangi O‘zbekiston millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik diyori» mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir O‘zMU Tarix fakulteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi,“Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi hamda «O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirni, O’zMU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova O’zbekiston Milliy universiteti o’tgan haftada ikki xalqaro reytingda (QS Asia 2024 va QS STAR) o’z pozitsiyalarini yanada yuqori ko’tarilganini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, o’z nutqida Universitet millarlararo totuvlik va bag’rikenglik bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borayotganini qayd etib o’tdi.
Tadbirni, “Millatlararo totuvlik va xalqaro bag’rikenglik” mavzusida tarix fanlari nomzodi, dotsent – Odilov Abror Anvarovich, “Внедрение новых результатов научных исследований в курсе Абаеведения” – mavzusida Qozog’iston Respublikasi Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti professori Тorgautova Sholpon, “Yoshlarni bag’rikenglik ruhida tarbiyalashning asosiy yoʻnalishlari” mavzusida Ravshan Xamitov nutq so’zlashdi.
Tadbirning eng qizg’in nuqtasi, O’zMUga 2023-2024-o’quv yilida qabul qilingan Turkmaniston Respublikasi fuqarolari tayyorlagan sahna ko’rinishlari, qo’shiqlari, raqslari tadbirni gullatdi desak mubolag’a bo’lmaydi.