O’zMU professori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 1-6 oktyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida «Funksional tahlil va uning predmetlararo qo’llanilishi» mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Unda dunyoning atoqli matematiklari, jumladan, Shvetsiya akademiyasi akademiki Ariy Laptev, Nobel mukofoti qo’mitasi a’zolari, Qozog’iston akademiyasi akademiklari T. Kalmenov, R. Onarov, xalqaro universitetlarning 30 dan ortiq professorlari, davlat mukofoti sovrindorlari va boshqalar ma’ruza qildilar.

Ushbu konferensiyada O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti «Amaliy matematika va kompyuter tahlili» kafedrasi professori Mirsaid Aripov ham ishtirok etib, “Kritik holatlarda o’zgaruvchan zichlik va yutilish ta’sirida divergensiya shaklida bo’lmagan parabolik tenglamaning katta vaqtdagi asimptotik yechimi» mavzusida ma’ruza o’qidi hamda konferensiyaning yalpi majlisiga raislik qildi.

Scroll to Top