Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan STEM loyihasi ishtirokchilari 2022 yil avgust va noyabr oylarida Raximova M. va Nurumova A. Fransiyaning Vishi shahridagi CAVILAM til o‘qitish markazida STEM fanlarini fransuz tilida o‘qitish stajirovkasini amalga oshirib keldilar.
2023 yil may oyida elchixona tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha yuzasidan seminar treningda (VR) ishtirok etdilar. Seminarda VR qurilmani ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
Kuni kecha universitetning STEM fanlari professor-o‘qituvchilari uchun virtual (VR) laboratoriyada ishlash seminar treningini tashkil qildilar.
Seminarda tabiiy fanlardan o‘tkaziladigan laboratoriya darslari qurilma yordamida virtual olib borildi va STEM fanlari o‘qituvchilariga ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasiga, xususan mintaqaviy ta’lim hamkorligi bo’yicha attashe janob Serge Belliniga minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, STEM yo‘nalishidagi mutaxassislarni malakasini oshirishdagi ishlarga qo‘shgan hissalarini yuqori baholaymiz.