O’zbekiston Respublikasi «Milliytiklanish» demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O’zMUda davra suhbati tashkil etildi

Bugun «Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli talabalar festivali doirasida O’zbekiston Respublikasi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida» gi qonunga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar doirasida davra suhbati o’tkazildi.

Unda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi xodimi Ayubxon Fayzullayev, Yoshlar Parlamenti a’zolari Baxtishod Rashidov, Nodirbek Murodov, Xusnora Axadova, Islom Oqnazarovlar ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti talabalariga qonunchilikka taklif berish, yoshlarni jamiyatning faol qismiga aylanishi zarurligi kabi muhim masalalar hamda Yoshlar parlamentiga bo’lib o’tadigan keyingi saylov jarayonlari, partiyaga a’zo bo’lish tartibi haqida ma’lumot berib o’tildi.

Scroll to Top