Zamonaviy dasturlash tillari

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining Amaliy matematika va intellektual tenologiyalar fakulteti «Amaliy matematika va kompyuter tahlili» kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan Sirojiddinov nomidagi akademik litsey bitiruvchi oʼquvchilari bilan dasturlashni oʼrganishda matematikaning qanchalik ahamiyat kasb etishi, zamonaviy dasturlash tillari mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Bu davra suxbati juda qizg’in tus oldi va o’quvchilar bilmagan narsalarini o’rganib yanada yangi bilimlar loyihalarga ochilishdi.Bir-birlari bilan fkir almashib,kelgusidagi rejalar haqida idealar almashishdi.Ayniqsa xozirgi kunda judal suratlar bilan rivojlanib borayotgan IT soxasida bilimlar almashildi. Suhbat so‘ngida “Dasturlash va dasturchilar qancha maosh oladi” mavzusidagi taqdimot namoyish etilganligi oʻquvchilarda yuqori darajada qiziqish uyg‘otdi.Davra suhbatida oʼquvchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Scroll to Top