Finlandiyalik talaba O’zMUda

Xabaringiz bor oxirgi yillarda OʼzMUda Markaziy Osiyo davlatlaridan akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olishga kelgan talabalar soni keskin oshib bormoqda. 
Bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyo balki Yevropa davlatlaridan ham talabalar mazkur dastur asosida OʼzMUga bir oʼquv semestriga kelib tahsil olmoqdalar. 
Oʼtgan oʼquv yilida Fransiya, Belgiya, Koreya davlatlarining nufuzli oliygohlaridan talabalar qabul qilingan boʼlsa, 2023/2024 oʼquv yilida esa Finlandiyaning Аbo Аkademiyasining 3 kurs talabasi Emil Jäntti iqtisod fakultetiga akademik mobillik dasturi doirasida oʼqishga keldi. 
Navbatdagi dastur ishtirokilari Germaniya va Yaponiyadan boʼlishi kutilmoqda. 

Scroll to Top