Avval xabar berganimizdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan akademik mobillik dasturi doirasida MDU Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi mudiri professor Frolova Natalya Leonidovna, 5 nafar professor-o‘qituvchilar va 13 nafar Gidrologiya yo‘nalishi talabalari tashrif buyurgandilar.
Shu yilning 15-31 iyul kunlari Toshkent shahri va Chorbog‘ o‘quv-dala amaliyot bazasida O‘zMU Gidrometeorologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va talabalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, ma’ruza va o‘quv-dala amaliyotlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgandi.
16-30-iyun kunlari Chorbog‘ o‘quv-dala amaliyot bazasi hamda Barqroq muzligida O‘zMU Gidrometeorologiya farulteti professor-o‘qituvchilari va O‘zgidromet mutaxassislari bilan birgalikda o‘quv-dala amaliyotini o‘tadilar.
Gidrologiya yo’nalishi talabalari mahalliy gidroelektrostantsiyaning quyi oqimidagi to‘g‘onga tashrif buyurishdi, so‘ngra potentsial oqimlarning xaritasini tuzdilar va O‘zbekiston daryolari uchun suv havzasini aniqladilar. Stajyorlar daryoga vaqtinchalik suv o’lchagich o’rnatdilar.
Talabalarni uch davlat: Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasidagi Pskem togʻlararo daryosi vodiysiga olib borildi. Bu yoʻlda asosiy toʻxtash joyi dengiz sathidan 1483 m balandlikdagi Oygaing va Maydantal daryolarining qoʻshilish joyida joylashgan “Maydantal” togʻ meteorologik stansiyasidagi gidrologik post ko’zdan kechirildi. Oygaing daryosining suv va muz rejimi bilan tanishdilar.
Amaliyotning yakuniy kunida talabalar ko‘hna Samarqand bo‘ylab sayohat qilishdi. Shaharda yosh gidrologlar Temur monumental maqbarasi, Universitet xiyoboni, Registon maydoni va mashhur Ulug‘bek rasadxonasini katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi.