O‘zMU jurnalistika fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalari Qirg’izistondagi yozgi maktabda

O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti professor-o’qituvchilari hamda fakultet talabalari Qirg’izistonda bo’lib o’tayotgan X Xalqaro yozgi jurnalistika va kommunikatsiya maktabida ishtirok etmoqda. 
Bugun Fransiyadan tashrif buyurgan telejurnalist Pyer Loren tomonidan mobil jurnalistika bo’yicha mashg’ulotlar olib borildi. Yosh jurnalistlarga telefon orqali kontent yaratish, tasvirga olish va montaj qilish ko’nikmalari o’rgatildi. 
Treningning 2 qismida esa talabalarga fransiyalik yana bir jurnalist Polina Chubar tomonidan video va rasmlarni tahlil qilish, ularni haqiqiy yoki feyk ekanligini aniqlash mavzusiga bag’ishlangan master-klass o’tildi.

Scroll to Top