“Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining universitetlarda amalga oshirilishi” mavzusida davra suhbati

Bugun, 14-mart kuni “O’zbekiston-Fransiya” do’stlik jamiyati tashabbusi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Fransiyaning A.S.I.E. (Xalqaro Birdamlik va Taʼlim Jamiyati) tashkiloti hamkorligida “Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining universitetlarda amalga oshirilishi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti (Xalqaro aloqalar bo‘limi)ga A.S.I.E. tashkilotidan tashrif buyurgan fuqarolik xizmati bo‘yicha stajer, Puatye universiteti talabasi Eliz Boesh-Meda (Elise Boech-Meda) olib bordi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi.

Davra suhbati 2015-yilning sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sammiti ishtirokchilari tomonidan qabul qilgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz: Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yoki Global Maqsadlar bir-biriga bog‘langan 17 ta maqsadlar to‘plami bo‘lib, “hozirgi va kelajakda odamlar va sayyoramiz uchun tinchlik va farovonlik uchun umumiy reja” bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari strategiyasini amalga oshirishda masʼuliyatli yondashgan holda taʼlim sifati, atrof-muhit haqida g‘amxo‘rlik, farovon jamiyati va barqaror iqtisodiyot bo‘yicha o‘z hissalarini qanday qo‘shishlari mumkinligi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar

Scroll to Top