O‘zMU ning xorijlik doktoranti DSc dissertatsiyasini himoya qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashda Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz universiteti (TOP-106, QS) professori, O‘zMU mustaqil izlanuvchisi Samy Refahy Mahmoud Hassanning 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Nanotuzilmalar va magneto-piyezoyelektrik-viskoyelastik materiallarni matematik modellashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Samy Refahy Mahmoud Hassan ilmiy izlanishlarini O‘zMU Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakultetida professor Mersaid Aripov rahbarligida amalga oshirgan bo‘lib, funksional darajali materiallar, nanotuzilmalarning (nano nurlar va nanoplatalar) o’lchamiga bog’liq bo’lgan mexanik va dinamik xususiyatlari, yangi funksional darajali sendvich, qiyshiq (egilgan) funksional darajali materiallar, uglerod nanonaychalari bilan mustahkamlangan kompozit tuzilmalarda ishlov berishning matematik modellarini ishlab chiqish va sonli yechish bo‘yicha salmoqli ilmiy natijalar olingan.

Samy Refahy Mahmoud Hassan tomonidan Sсopus bazasidagi jurnallarda 201 ta ilmiy maqolalar chop ettirilgan bo‘lib, Scopus bazasi bo‘yicha Xirsh indeksi 68 ni tashkil etadi. Shuningdek, Web of Science bazasidagi ilmiy maqolalari soni 154 ta va Xirsh indeksi 67 ga teng

Scroll to Top