“Cycle Production and Conscious Consumption”

Bugun, 29-noyabr kuni Ilm-fan va ta’limni rivojlantirish jamg’armasi- Ziyo forum Global Entrepreneurship Week doirasida “Cycle Production and Conscious Consumption” mavzusida qayta ishlash sohasidagi loyihalar bilan shug’ullanuvchi mahalliy mutaxassislar vakillari bilan munozara tashkil etildi. Unda O’zbekiston Milliy Universiteti Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi xodimlari – Alijon Oripov, Zarina Rahmonova va Salima Rajabova ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so’zga chiqqan mutaxassislar atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilgan xalqaro loyihalar hamda shaxsiy tajribalari xususida taqdimot o‘tkazdilar. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar orasida eko madaniyatni shakllantirish, turli tashkilotlar, jumladan, universitetlarni yanada “yashillashtirish” bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jaddalashtirishga turtki bo’lishdir.

Shuningdek, Shveytsariyaning O’zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Alexandr Schrarer ham “Can Technology save the world” mavzusida ma’ruza qildi. Unda bir vaqtning o’zida tabiatni saqlaydigan va tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan Shveytsariyada qo’llanilayotgan bir qancha novatorlik loyihalari haqida so’z bordi

Scroll to Top