Bugun, AQSh elchixonasi vakillari Fulbrayt dasturi doirasida taklif etilgan G’arbiy Michigan Universiteti professori Changshen Heni tanishtirish maqsadida O’zMUga tashrif buyurushdi.
Tashrif davomida professori Changshen He O’zMUda mehnat faoliyati davomida mamlga oshirishni ko’zlagan ishlari haqida hamda O’zbekistondagi ilk tashrifi natijasidagi taassurotlari haqida to’xtalib o’tdi.
O’z navbatida AQSh elchixonasi vakili Harris Lipskomb AQSh elchixonasi tomonidan amalaga oshirilayotgan ta’lim, malaka oshirish va grant dasturlari, xususan UGrad, SUSI, STEM, Fulbright, Hamphery, TechWomen, UniCEN kabi qator dasturlar haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdi.